Tezkor: Italiya klubi Shomurodov transferiga munosabat bildirdi!

  • 26 iyun, 11:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov klublar miqyosidagi faoliyatida yana qiyin tanlov oldida turibdi.

Tecno

29 yoshli forvardimiz yakunlangan mavsumni yuqori darajada o‘tkazganidan keyin “Roma” o‘z o‘yinchisi bilan shartnomani 2027 yilning 30 iyunigacha uzaytirgan edi. Biroq bu Shomurodov Italiya poytaxtida yana ikki yil to‘p tepishini anglatmaydi.

“Roma” UEFAning moliyaviy sanktsiyalariga tushib qolmasligi uchun tezroq 10 million evro topishi kerak. Bu masalani o‘yinchi sotish orqali tez hal qilish mumkin. Eldor Shomurodov esa “bo‘rilar” orasida eng xaridorgir futbolchiga aylandi.

Hozirning o‘zida o‘zbek futbolchisi oldida yangi jamoa uchun tanlash imkoniyati etarli. Bu galgi transfer bozorida Eldorga birinchi bo‘lib AQSh klublari qiziqish bildirdi. Aslida hammasi o‘tgan yozda boshlangan, “Atlanta Yunayted” Shomurodovning transferini rasmiylashtirishga ulgurmay qolgan edi. Ummonorti klublaridan qishki transferlar davrida ham chorlovlar bo‘ldi, biroq muhokamalar rasmiy muzokaralar darajasiga ko‘tarilmadi. Bu stsenariy mana iyun oyida ham takrorlandi.

Shomurodovni olish uchun jiddiy tarzda bel bog‘lagan klublar bor. Turkiyaning “Bashakshehir” klubi legionerimiz bo‘yicha “Roma” bilan aloqani ushlab turibdi va dastlab taklif qilingan 7 million evroga yana bir million qo‘shishga ham ulgurdi. Turklar O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir vakili Abbosbek Fayzullaevga ham qiziqayotgani xabar qilingandi. Biroq turk klubi matbuot kotibi Goxan Yilmaz bu xabarni tasdiqlamadi. Ayni paytda u Shomurodovga bo‘lgan qiziqishni inkor qilgani yo‘q.

“Top-5” ligalar sirasiga kiruvcha Frantsiya chempionatidan “Renn” ham tarkibini o‘zbek forvardi yordamida kuchaytirishga harakat qilyapti. Frantsuzlar ham o‘z maqsadlari haqida Rim klubiga ma’lum qilgan va Shomurodovning transfer ma’lumotlarini so‘ragan.

So‘nggi kunlarda Eldorga A Seriyaga qaytgan “Kremoneze” jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida axborot berildi. Bu jamoa tarkibini yuqori diviziondagi kuchli raqobatga moslashtirishi talab etiladi.  Kremonaliklarning Shomurodovga qiziqishi o‘zbek futbolchisining universalligi, jismoniy tayyorgarligining maromida ekani va Italiya futbolini yaxshi bilishi bilan izohlandi.

“Roma” faoliyatini yoritayotgan laroma24.it sayti jurnalistlari “Kremoneze” klubi mutasaddilaridan sport direktori Simone Jakettaga bilan bog‘lanib, Eldor Shomurodov transferiga oid ma’lumotlarga aniqlik kiritdi.

-  Eldor Shomurodovga aniq qiziqish bormi? Bu savolga javob o‘laroq shuni aytishim mumkinki, biz bu o‘yinchi transferini hech qachon muhokama qilmaganmiz, - dedi Simone Jaketta.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Simone Jakettaning bu gaplari shunchaki chalg‘ituvchi usul bo‘lishi mumkin. Aslida “Kremoneze” Shomurodov transferi bo‘yicha ishlayotganining ehtimoli katta ekani aytilmoqda.

Umuman olganda, Italiyada transfer bozori hali uzoq davom etadi. Eldor Shomurodovga takliflar ko‘p bo‘lishi, savdoga yangi klublar qo‘shilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov yakunlangan mavsumda jami 37 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga ettita to‘p kiritdi va jamoadoshlariga beshta golli pas uzatdi.

Tezkor: Evropa klubi Fayzullaev transferiga oid rasmiy ma’lumot chiqardi

Evrokuboklar uchun o‘zbek hujumchisini oling!

Shomurodov kuchayib ketdi...

Ronaldu Masharipovga: Nima, sen Messining muxlisimisan?!

Legionerimiz Evropada yurish qilishga tayyor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!