Jamshidbek Mahmadaliev termamiz hisobiga to‘rtinchi kumush medalni qo‘shib qo‘ydi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati final bellashuvlari o‘z yakuniga etdi.
Musobaqaning eng og‘ir vaznli (+91kg) bokschilari ishtirokidagi to‘qnashuvda o‘zbekistonlik Jamshidbek Mahmadaliev qozog‘istonlik Damir Toibay bilan kuch sinashdi.
Jang yakunlariga ko‘ra, bir ovozdan qozog‘istonlik bokschi g‘olib deb topildi va u Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. Jamshidbek esa terma jamoamiz hisobiga to‘rtinchi kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.

Fikrlar