Bugun hamyurtimizga nikaragualik bokschi Xulio Laguna raqiblik qiladi. Eslatib o‘tish lozimki, Shahram G‘iyosov ayni paytgacha professional ringda to‘rt marta jang qilib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. E’tiborlisi, shulardan 3tasi nokaut evaziga qo‘lga kiritilgan. Laguna esa 14ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘olib bo‘lgan. 10ta jangni muddatidan oldin yakunlagan.
Ma’lumot uchun, ushbu jang Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlab "UzReport" telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.
Fikrlar