"Uzbek Tigers" “Cuba Domadores”ni mag‘lub etdi
O‘zbekistonning etakchi bokschilaridan tashkil topgan “Uzbek Tigers” jamoasi Jahon Boks Seriyalari (World Series of Boxing) VII mavsumida Toshkentdagi dastlabki janglarini o‘tkazdi.
Amaldagi vitse-chempion Kubaning “Cuba Domadores” bokschilariga qarshi janglar “Universal” sport saroyida bo‘lib o‘tdi va unda bokschilarimizni 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
WSB seriyasi. 2-tur
"Uzbek Tigers" - "Cuba Domadores" 4:1
49 kg: Hasanboy Do‘smatov 3–0 Joannis Oskar Argilagos
56 kg: Shahobiddin Zoirov 3–0 Robeysi Ramires
64 kg: Iqboljon Xoldorov 1–2 Endi Kruz Gomes
75 kg: Isroil Madrimov 3–0 Arlen Lopes
91 kg: Sanjar Tursunov 2–1 Erislandi Savon

Fikrlar