
“Uzbek Tigers” vs “Caciques de Venezuela”: Termizda ringga chiqadigan juftliklar ma’lum
Butunjahon boks seriyasi (WSB) VIII mavsum ham yakuniga etib bormoqda. “A” guruhida ishtirok etayotgan “Uzbek Tigers” jamoasi 5-6-tur bellashuvlarini Termiz shahrida Venesuelaning “Caciques de Venezuela” bokschialariga qarshi o‘tkazadi.
Ayni damda Venesueladagi notinchlik vaziyat sababli har ikki jang ham Termizda o‘tkazilishiga kelishilgan.
> “Uzbek Tigers” guruhda nechanchi o‘rinda bormoqda?
7 aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan qarama-qarshiliklarda jamoalarning S1 va S2 guruhi bokschilari kuch sinashadi. Unga ko‘ra, birinchi janglarni S1 guruhi bokschilari boshlab berishadi.
Tarkiblar bilan tanishing:
S2 guruhi janglari soat 19:00da boshlanadi
49 kg: Mironshoh Ibragimov – Luis Polanko Vaskes
56 kg: Shahobiddin Zoirov – Yoel Finol Rivas
64 kg: Iqbol Xoldorov – Kristian Palasio
75 kg: Isroil Madrimov – Endryu Saavedra Pinto
91 kg: Sanjar Tursunov – Albert Ramires Duran
S2 guruhi janglari soat 22:00da boshlanadi
52 kg: Jasur Latipov — Xesus Roxas Devera
60 kg: Shunqor Abdurasulov — Luis Kabrera
69 kg: Mahmud G‘oipov — Gabriel Maestre Peres
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziev — Nalek Korbaj Barrera
+91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes Morexon
Fikrlar