Shota Arveladze: "Buxoro"ni har tomonlama dog‘da qoldirdik

  • 05.11.2018 20:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundan biroz avval Superliganing 29-turidan o‘rin olgan “Buxoro” hamda “Paxtakor” (2:6) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “sherlar” ustozi Shota Arveladze ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Biz mezbonlarni har tomonlama dog‘da qoldirdik, hujumda ham, yarim himoyada ham. O‘ylaganlarimizni amalga oshirdik. Faqat ikki to‘p o‘tkazib yuborganimiz afsuslanarli bo‘ldi. Chiroyli hujumlar tashkil qildik va ulardan foydalandik. Jamoaga oldingi o‘yinlarda biroz sportcha jahldorlik etishmagandi. Bugun ham gollarni oson o‘tkazib yubordik. Mezbon jamoa ishqibozlari mag‘lubiyatga qaramay, jamoalarini olqishlashdi. O‘ylashimcha, biz ham bunga munosib bo‘ldik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!