"Australian open-2017": Sabinaning shiddatli zarbalari Changni charchatdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
 
Mamlakatimiznig eng kuchli ikki tennischisi - Sabina Sharipova "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi eng nufuzli to‘rt turnirdan dastlabkisi - Avstraliya ochiq chempionatining saralash musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan 96 nafar tennischi asosiy to‘rga chiqish uchun kurashayotgan saralash musobaqasida Sabina Sharipova birinchi davrada rossiyalik Veronika Kudermetovani mag‘lub etgan edi.
Ikkinchi davrada o‘zbekistonlik tennischi uchinchi raqamda saralangan Xitoy Taypeyi vakilasi Kay-Chen Chang bilan raqobatlashdi.
Uchrashuv hamyurtimiz uchun omadsiz boshlandi. Birinchi setda Sabina yaxshi o‘ynaganiga qaramay ustunlik tajribali raqibasi tomonida bo‘ldi. Chang birinchi setni 7:5 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Ikkinchi setda Sabina shunday shiddat bilan o‘ynadiki, Chang hamyurtimiz urgan to‘plarni qaytarishga ojizlik - 6:1.
Hal qiluvchi uchinchi set esa ancha qizg‘in kurashlar ostida o‘tdi. O‘z imkoniyatini to‘liq ishga solgan Sabina Sharipova 7:5 hisobida zafar quchib, ikki soatdan oshiq davom etgan o‘yinni g‘alaba bilan yakunladi.
Saralashning uchinchi bosqichida Sabina Sharipova Rossiya vakilasi Natalya Vixlyantsevaga qarshi kortga chiqadi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!