"Bavariya" Noyerga APL klubidan o‘rinbosar topdi
"Bavariya" yozda jamoani tark etadigan Manuel Noyerga o‘rinbosar izlashni boshlab yubordi. Bu haqida "TheSun" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda Myunxen klubi "Brayton" darvozaboni Bart Verbryuggen nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Nemis jamoasi uni yangi Noyer sifatida ko‘rmoqda. Niderlandiyalik posbon so‘nggi mavsumlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgani sabab Germaniya grandi e’tiborini tortgan.
23 yoshli darvozabonning ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 35 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun. Bart joriy mavsum "chaykalar" safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 5 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar