Bugun Qatarda U-17 Jahon chempionati start oladi
Bugun Qatar mamlakatida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionati start oladi. Musobaqada Islombek Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo chempioni sifatida ishtirok etadi.
Kichkina mundialning ilk kunida quyidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi (Toshkent vaqti bilan):
17:30 Janubiy Afrika – Boliviya
17:30 Kosta-Rika – Birlashgan Arab Amirliklari
18:00 Senegal – Xorvatiya
18:30 Yaponiya – Marokash
20:15 Yangi Kaledoniya – Portugaliya
20:45 Argentina – Belgiya
20:45 Qatar – Italiya
20:45 Tunis – Fiji
Ma’lumot uchun, turnir joriy yilning 3–27-noyabr kunlari Doxa shahridagi “Espayr” akademiyasi maydonlarida o‘tkaziladi.
Fikrlar