Gael Monfis mavsumdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi
Zohir2018
Joriy yilni omadli boshladi
Frantsiyalik tennischi Gael Monfis va kanadalik Vashek Pospishil Monpele shahrida o‘tkazilgan musobaqaning finalida o‘zaro raqobatlashdi.
Mazkur uchrashuvning birinchi setini 7:5 hisobida o‘z foydasiga hal etgan Gael, ikkinchi setda qiyinchiliksiz 6:3 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, "Open Sud de France" turnirining bosh sovrinini qo‘lga kiritgan Monfis, tashkilotchilar tomonidan 250 reyting ochkosi va 91,010 evro pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Izohlar (0)