"An-Nasr" murabbiyi Ronalduni nega "Paxtakor"ga qarshi o'ynatmasligini aytdi
Toshkentda uni hamma kutgandi
Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni «An-Nasr» jamoasi bosh murabbiyi Ange Postekoglu jamoa yetakchi hujumchisi Krishtianu Ronaldu navbatdagi o‘yinda maydonga tushmasligini ma’lum qildi.
Dushanba, 2 noyabr kuni «An-Nasr» Osiyo chempionlar ligasi doirasida Toshkentda O‘zbekiston chempioni «Paxtakor» mehmoni bo‘ladi.
«Ronaldu, Koman va Simakanga dam berishga qaror qildim. Sababi – juda zich taqvim va uzoq safarlar. Jamoa yaxshi sport formasida, bo‘lajak o‘yin shu darajani yana bir bor namoyish qilishi kerak. Bu musobaqa biz uchun juda muhim», – deya murabbiy so‘zlarini keltiradi Goal nashri.
Joriy mavsumda 41 yoshli Krishtianu Ronaldu 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va bir bor hamkasblariga golli pas berdi.

Izohlar (0)