“Liverpool” Saloҳning o‘rniga bir kunda superfutbolchi topdi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” rahbariyati joriy mavsum oxirida klubdan ketishini e’lon qilgan Muhammad Saloҳ o‘rniga darrov o‘rinbosar topdi.
Marsisaydliklar bu transfer uchun 140 million yevrogacha mablag‘ sarflashga tayyor. TEAMtalk nashri xabariga ko‘ra, klub o‘ng qanot hujumchisi pozitsiyasi uchun uch nafar futbolchi nomzodini ko‘rib chiqilmoqda.
Qisqa ro‘yxatga Germaniyaning “RB Leyptsig” klubidan Yan Diomand va “Nyukasl” futbolchisi Entoni Gordon kiritilgan. Biroq asosiy maqsad “Bavariya”ning fransuzlik legioneri Maykl Olise bo‘lib, bu o‘yinchi 140 million yevroga baholanmoqda.
Xabar qilinishicha, klub rahbariyati “Bavariya” mutasaddilarini futbolchini sotishga ko‘ndirishga umid qilmoqda. Fransuz futbolchisining ustun jihati shundaki, u APLda o‘ynash tajribasiga ega va o‘ng qanot hujumchisi uning asosiy pozitsiyasi hisoblanadi.
Fikrlar