Samvel Babayan: "Ertaga Namangan viloyati O‘zbek futboli markaziga aylanishi mumkin"

  • 29 oktabr, 2022, 18:30
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

30 oktyabr kuni Buxoroda O‘zbekiston Kubogi final bahsi bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu bellashuv oldidan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda dastlab "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan va futbolchilar Jamshid Iskanderov hamda Zoran Marushich ishtirok etdi.

Tecno

Samvel Babayan: Final – bayram. Biz o‘z ishimizga e’tibor qaratganmiz. Ochig‘ini aytsam, biz uchun juda muhim o‘yin. Ertaga Namangan viloyati O‘zbek futboli markaziga aylanishi mumkin.
Jamoa 24 yil davomida hech qanday sovrin yutmagan, finalga ham chiqmagan. Viloyatdagi boshqa turli yoshdagi jamoalar ham sekin–asta o‘sib bormoqda. Hozir U16, U20 va yoshlar jamoasimizdagi futbolchilar terma jamoadan chaqiruv olmoqda. Bu quvonarli. Xozirgi “Navbahor” viloyatimizdagi yosh futbolchilarni kelajagi uchun juda oldinga tashlangan qadam. Sababi, ular kuchlilar bilan birgan to‘p surishi, ulardan nimadir o‘rganishi mumkin. Asosiy maqsadimiz ham aslida viloyatda futbolni rivojlantirish.
Bu faoliyatimdagi 11-final. Men hayajonlanmayapman. Ertangi final biz uchun muhim. G‘alaba orqali OChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni istaymiz.
“Navbahor” Oston O‘runovga qiziqyaptimi? To‘g‘risini aytsam, men va klub rahbariyati bundan xabarimiz yo‘q.
Namanganda ishlash oson emas... Sababi butun boshliNamangan viloyatini sha’nini himoya qilamiz. Biz 3 milliondan ortiq aholis bor viloyat ishqibozlari uchun ko‘p narsani angalatamiz. Bizning g‘alabalar muxlislarning kayfiyati, mehnat faolligi va boshqa ko‘plab narsalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.
Agar biz ayrim o‘yinlarisda qoqilmaganimizda biz allaqachon chempionlikni naqd qilib qo‘ygan bo‘lardik.

Jamshid Iskanderov: Jamoamiz yaxshi holatda. O‘yinga tayyormiz. Stadionda mashg‘ulot o‘tkazdik. Hammasi joyida.
Milliy terma jamoaga nega chaqirilmayapman? Balki terma jamoa bosh murabbiyining uslubiga mos kelmayotgandirman. Lekin tarkibga kirishga urinib ko‘raman.
Penaltilarga tayyorgarlik? Har bir jamoa bunga tayyorgarlik ko‘radi. Jumaladan biz ham. Ertangi o‘yinga jamoamiz shay.

Zoran Marushich: Biz mavsum avvalida 2 ta musobaqada g‘olib chiqishni maqsad qilgandik. Va bunga yaqin kelyapmiz. Umid qilamanki, ertaga yaxshi kayfiyat bilan ortga qaytishi mumkin.
Mendan ko‘proq gol kutayotganlarga aytishim mumkinki, chempionat darajasi ham muhim ro‘l o‘ynayapti. Superliga darajasi yaxshi. Lekin hali oldinda uchrashuvlar bor va bularda o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilaman.
Hozir aniq bir gap ayta olmayman. Biz ham, “Nasaf” ham bir-birimizni yaxshi bilamiz. Ertaga jamoaning g‘alabasiga hissa qo‘shishga harakat qqilaman.

Hozir chempionatda ham, kubogda ham sovringa ega chiqilgani yo‘q. Bu futbol. Unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Agar mavsum yakunida jamoangiz birorta frontda sovrin yuta olmasa,,, bu “Navbahor”ning rivojlanish tezligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadimi?

- Juda ham o‘rinli savol. Men ham aslida shuni tarafdoriman. Rahbariyat bilan suhbatlashganimizda, bu proekt bir necha yillik bo‘lishini kelishib olgan edik. Hozir bir mavsumda hamma narsani qo‘lga kiritib, keyin yo‘q bo‘lib ketadigan jamoalarga aylanishni istamaymiz. Stabillik rivojlanishning asosiy omili sanaladi. Viloyatimizdagi insonlar oldida biz g‘alaba qozonishimiz shart.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Fazliddin_Nasaf
29/10/2022 22:20
Nasaf chempion inshaalloh
TURDIYEV AKRAMJON
29/10/2022 19:02
Олга навбахор
&
Ibratjon Hikmatjon
29/10/2022 18:39
Navbahor omad