Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ronald "Paxtakor" bilan oʻyinga xet-trik bilan kelyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

41 yoshli yulduz hamon zo'r formada

Ar-Riyodning «An-Nasr» jamoasi Saudiya Arabistoni chempionati 12-tur doirasida o‘z maydonida «Al-Xolud» futbolchilari ustidan yirik g‘alabaga erishdi. 

Uchrashuv 5:3 hisobida yakuniga yetdi. Mezbonlar safida Krishtianu Ronaldu xet-trik qayd etdi (66-, 74- va 81-daqiqalar). Yana ikki golga Anjelo (24-daqiqa) va Sadio Mane (35-daqiqa) mualliflik qildi.

Mehmonlar tarkibida Julen Domingesh dublga erishdi: u 16-daqiqada hisobni ochdi, uchrashuv oxirida esa penalti­ni aniq amalga oshirdi. «Al-Xolud»ning yana bir golini Loik Essomba 45+2-daqiqada urdi.

«An-Nasr»ning dastlabki to‘rt golida Joau Feliks assistent sifatida qatnashdi. Ronalduning uchinchi goli esa Mane bergan uzatmadan so‘ng kiritildi.

Shu tariqa, portugal­iyalik yulduz professional faoliyatidagi gollar sonini 985 taga yetkazdi va erkaklar futbolidagi shaxsiy jahon rekordini yanada yaxshiladi. Mingta gollik ko‘rsatkichga yetishi uchun unga yana 15 ta gol zarur.

«An-Nasr» shu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 28 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. 

Jamoaning navbatdagi o‘yini­ni 2 noyabr kuni safarda Osiyo Elit Chempionlar ligasining to‘rtinchi turi doirasida Toshkentda «Paxtakor»ga qarshi o‘tkazadi. o‘tadi. Uchrashuv boshlanish vaqti — 18:45.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q