Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Anshlag! O‘zbekiston – Rossiya uchrashuvida stadion to‘lib toshadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu o'yin hammaning diqqat markazida

O‘zbekiston milliy jamoasining Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi Toshkentda anshlag bilan o‘tishi kutilmoqda. Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘rtoqlik bahsi 12 noyabr kuni poytaxtda bo‘lib o‘tadi. Bu jamoalar tarixidagi ikkinchi o‘yin bo‘ladi. Ilk uchrashuv to‘rt yil oldin "Paxtakor" stadionida o‘tkazilgan va 0:0 hisobida yakunlangan edi.

"Uchrashuv "Paxtakor" stadionida o‘tkaziladi. Milliy terma jamoa ishtirokidagi o‘yinlar doim muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otadi, shu bois tribunalar to‘lishini kutyapmiz. Chiptalar Iticket.uz platformasi orqali sotiladi. Narxlar haqidagi ma’lumotlar tez orada ushbu platformada e’lon qilinadi", — deya ma’lumot berdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

"Paxtakor" stadioniga 70 yil bo‘lgan. Poytaxtdagi eng yangi majmua — "Bunyodkor" stadioni esa 2012 yilda foydalanishga topshirilgan.

Assotsiatsiya vakillarining ta’kidlashicha, milliy jamoa o‘yinlari muxlislar qulayligi uchun turli hududlarda tashkil etiladi. "Paxtakor" yaqinda rekonstruksiya qilingan, "Bunyodkor" stadionida esa maydonni yaxshilash bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Shu sababli ushbu o‘rtoqlik uchrashuvi uchun "Paxtakor" arenasi tanlangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q