
Superklub asosiy darvozabonini sotuvga qo‘ydi
“Pari Sen-Jermen” rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Janluiji Donnarummani transferga qo‘ydi. Bu haqida taniqli insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, PSJ va italiyalik darvozabon o‘rtasida hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha olib borilgan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Klub tajribali posbon kelasi yoz jrkin agent sifatida bepul ketib qolmasligi uchun uni sotuvga qo‘yishga majbur bo‘ldi.
26 yoshli Donnarumma Parij klubiga 2021 yili “Milan”dan ko‘chib o‘tgan jdi. O‘shandan beri tadribali golkiper parijliklar darvozasini 161 ta uchrashuvda qo‘riqladi va 156 ta gol o‘tkazib yubordi. Janluiji PSJda 56 ta quruq o‘yin o‘tkazgan.
PSJ rahbariyati jamoa darvozasini qo‘riqlashni “Lill” posboni Lyuk Shevalega topshirmoqchi. Tomonlar tez orada transferni rasman e’lon qiladi.
Fikrlar