Valverde va Tchuameni janjalidan keyin murabbiy iste'foga chiqarilishi mumkin

  • 07.05.2026 23:06
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid"da Orelien Tchuameni va Federico Valverde oʻrtasida chiqqan janjal klub rahbariyatining noroziligiga sabab boʻldi.

Maʼlum qilinishicha, madridliklar murabbiyi Alvaro Arbeloa mojaro vaqtida vaziyatga aralashmagan va barchasini chetdan kuzatgan. Bu holat klub rahbariyatiga yoqmagan.

Manbaga koʻra, “qaymoqranglilar” rahbariyati Arbeloa vaziyatni tinchlantirish uchun chora koʻrishi kerak edi, deb hisoblamoqda. Shuningdek, OAV xabarida aytilishicha, klub mutaxassisni isteʼfoga chiqarish haqida qaror qabul qilgan.

Maʼlumotlarga qaraganda, madridliklar jamoaga Joze Mourinyuni qaytarish variantini ham koʻrib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!