100 yillik natija yangilandi

  • 11 sentabr, 2020, 10:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Millat ligasida Frantsiya terma jamoasida debyut qilgan Eduardo Kamavinga 100 yillik tarixni yangiladi.

Tecno

Xorvatiyaga qarshi uchrashuvning 63-daqiqasida N’Golo Kante o‘rniga maydonga tushgan Kamavinga Frantsiya terma jamoasida debyut qilgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirdi. Shu kuni u 17 yoshu 304 kunlik edi.

Avvalgi rekord natija bundan 100 yildan ortiq vaqt muqaddam – Birinchi jahon urushi oldidan o‘rnatilgan edi.

- Maydonga ilk qadamim tekkan uchrashuvda Frantsiya terma jamoasi g‘alaba qozonganidan xursandman. Hammaga e’tibor uchun rahmat, - deb yozadi Kamavinga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

“Renn” futbolchisi ayni paytda qator grandlar nishonida turibdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!