13 yoshli o‘smir sambo mashg‘ulotidan keyin vafot etdi

  • 19 sentabr, 11:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

13 yoshli o‘smir sambo mashg‘ulotidan keyin yuragi to‘xtab vafot etdi. Bu haqda Rossiyaning Voronej viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligi telegram-kanalida xabar berildi.

Tecno

"17 sentyabr kuni Ostrogojsk tumanidagi “Severnaya arena” sport majmuasida sambo mashg‘uloti vaqtida 13 yoshli o‘g‘il bolaning ahvoli yomonlashdi. Zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirildi. Bola ikki yildan ortiq vaqt davomida shu bo‘limda shug‘ullanib kelgan va tibbiy ruxsatnomaga ega edi. U o‘zini yomon his qilgan paytda jiddiy jismoniy yuklama olmayotgan edi.

Soat 17:40 da yurak to‘xtab qoldi va 30 yillik tajribaga ega reanimatolog – bo‘lim mudiri jonlantirish choralarini boshladi. Bemorga sun’iy nafas berildi, yurakka bilvosita massaj qilindi. Shuningdek, defibrillyatsiya ham o‘tkazildi. Reanimatsiya choralari 18:10 gacha davom etdi, biroq samara bermadi.

Tibbiyot muassasasi ma’muriyati marhumning qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Voronej viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligi hozirda ushbu holat bo‘yicha tekshiruv olib borayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Muassasa barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etmoqda", — deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!