14,16 va 18 yosh bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida shaxmat bahslari davom etmoqda (foto)

CHERY AUTO

O‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan beshta turning birontasida ham mag‘lubiyatga uchramagan toshkentlik Suhrobjon Avalboev 4,5 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Qashqadaryolik Umar Isomov va toshkentlik Sardor Boltaev 4 ochko bilan kuchli uchlikda bormoqda. Qizlar o‘rtasida toshkentlik Yuliya Xegay beshta partiyaning barchasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, toshkentlik yana bir shaxmatchi Dilbar Hamroeva, sirdaryolik Sevinch Abdullaeva va jizzaxlik Mahliyo Amirova hisobida 4 ochkodan bor. 

O‘n olti yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida xorazmlik Nodirbek Yoqubboev 5 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Toshkentlik shaxmatchilar Saidakbar Saydaliev, Shamsiddin Vohidov, qashqadaryolik Abdumalik Abdusalimov va samarqandlik Daler Vohidov 4 ochko bilan sovrinli o‘rinlarni egallashga da’vogarlik qilmoqda. Qizlar musobaqasida qashqadaryolik Xolida Namozova besh imkoniyatdan besh ochko jamg‘argan. Toshkentlik Asal Salimova va sirdaryolik Zebo Abdullaeva 4 ochkodan to‘plagan. 

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar bahsida FIDE ustasi Ortiq Nig‘matov 4,5 jamg‘arib, yaqin ta’qibchilari toshkentlik Georgiy Shvanov va farg‘onalik Asilbek Sobirovni yarim ochkoga ortda qoldirmoqda. Qizlar o‘rtasida xorazmlik Nilufar Yoqubboeva beshta turda 4,5 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Toshkentlik Bahora Abdusattorova, Hilola Abdukarimova va jizzaxlik Nafisa Islomova hisobida 4 ochkodan bor.

Tecno

 

 

 

Manba:uza.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!