
15 iyun kuni Sabriel Matiasni jiddiy raqibga to‘qnash keladi
Super engil vaznda(63,5 kg) IBF yo‘nalishida jahon chempioni puerto-rikolik Sabriel Matias(20-1,20 KO) 15 iyun kuni o‘z uyida chempionlik kamarini himoya qiladi, deb xabar beradi ESPN insayderi Mayk Koppinger.
Matiasning raqibi mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan avstraliyalik Liam Paro(24-0,15 KO) bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Sabriel kamarining birinchi himoyasini hamyurtimiz Shohjahon Ergashevga qarshi o‘tkazib, uni mag‘lub etgandi.
Fikrlar