16 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun "Manchester Siti", "Bavariya" va PSJ kurash boshladi

  • 27 mart, 2023, 12:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiyaning “Xayduk” klubi yarim himoyachisi Luka Vushkovich bir vaqtning o‘zida Evropaning uchta top-klubi qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, 16 yoshli iste’dodli futbolchi uchun kurashda “Manchester Siti”, PSJ va “Bavariya” o‘zaro bahslashadi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, ayni damda PSJ yarim himoyachisini qo‘lga kiritish uchun kurashda favorit hisoblanadi. Parij grandi futbolchi uchun 12 million evro berishga tayyor, “Xayduk” esa iqtidori uchun 15 million olmoqchi.

Luka Vushkovich "Xayduk" safida 2022 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yanvarigacha imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!