
17 yoshli hujumchi "Real"ni uyaltirib qo‘ydi
"Real" klubi Shvetsiya terma jamoasining 17 yoshli hujumchisi Aleksandr Isakni o‘z tarkibiga qo‘shib olishi va tomonlar transfer bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Xususan, Madrid klubi yosh futbolchi uchun 10 million evro to‘lashi va shartnoma tez kunlarda imzolanishi aytilgandi. Biroq shvetsiyalik yosh hujumchi "Real" taklifini rad etdi. Isak Dortmundning "Borussiya" jamoasiga o‘tishni istayapti.
"Yangi Ibrohimovich" laqabini olgan Aleksandr Isak Shvetsiya terma jamoasiga ikkita uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urdi va ushbu mamlakat bosh jamoa safida gol urgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirdi.
AIK jamoasining asosiy tarkibida Isak umumiy hisobda 29 ta uchrashuv o‘tkazib, 13 ta gol urgan.
Fikrlar