9 oyga chetlatilgan Fonseka asabiy bo‘lib qolganiga Tramp va Zelinskiy mojarosini sabab qilib ko‘rsatdi

  • 7 mart, 17:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Fonseka hakam bilan ziddiyati borasida o‘tkazilgan tinglovda siyosat borasidagi xavotirlarini gapirdi. 

Avvalroq, "Lion" bosh murabiyi "Brest"ga qarshi o‘yin so‘nggida hakam Benua Millotning yuziga o‘ta yaqin kelib baqirgani uchun 9 oyga diskvalifikatsiya qilingandi. Jazo faqat ichki turnirlarga tegishli. 

Paulu Fonseka oilaviy muammolar va geosiyosiy vaziyat tufayli qattiq stress ostida qolgani xabar qilingandi. Portugaliyalik va uning ukrainalik rafiqasi AQShning 47-prezdenti Donald Trampning qarorlaridan xavotirda. 

"The Athletic" nashrining yozishicha, murabbiy Liga 1 tartib-intizom qo‘mitasida o‘tkazilgan tinglovda o‘zining siyosiy vaziyatdan xavotirlarini tilga oldi. U so‘nggi kunlarda Tramp va Ukraina prezidenti Zelenskiy o‘rtasidagi tortishuv va o‘rtadagi noaniqliklardan xavotirda ekanligini aytgan. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!