
9 yillik tanaffusdan keyin o‘zbek dzyudochisi jahon reytingi etakchisiga aylandi
Xalqaro dzyudo federatsiyasi sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Biz uchun ahamiyatlisi, unda -90 kg vazn toifasida hamyurtimiz Davlat Bobonov birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Joriy yil Bobonov uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Jahon chempionatidagi kumush, Olimpiya o‘yinlaridagi bronza medali uni bugunga kelib, o‘z vaznining etakchisiga aylanib olishida katta zamin yaratdi. Qayd etish joiz, so‘nggi bo‘lib taniqli dzyudochimiz Rishod Sobirov "London-2012" Olimpiadasidan avval -60 kg vaznda birinchi o‘rinda qayd etilgan edi. Batafsil:
-60 kg:
1. Yago Abuladze (Rossiya) – 4841 ochko
20. Kemran Nurillaev – 1928 ochko
-66 kg:
1. An Baul (Janubiy Koreya) – 5603 ochko
6. Sardor Nurullaev – 3569 ochko
-73 kg:
1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 5175 ochko
13. Hikmatilloh To‘raev – 2879 ochko
-81 kg:
1. Tato Grigalashvili (Gruziya) – 6692 ochko
4. Sharofiddin Boltaboev – 4436
-90 kg:
1. Davlat Bobonov (O‘zbekiston) – 6004 ochko
35. Shermuhammad Jandreev – 1140 ochko
-100 kg:
1. Arman Adamyan (Rossiya) – 5524 ochko
13. Muhammadkarim Xurramov – 3015 ochko
+100 kg:
1. Tamerlan Bashaev (Rossiya) – 5900 ochko
22. Alisher Yusupov – 1833 ochko
26. Bekmurod Oltiboev – 1487 ochko
Ayollar:
-52 kg:
1. Amandin Bushar (Frantsiya) – 6520 ochko
11. Diyora Keldiyorova – 3202 ochko
-70 kg:
1. Barbara Matich (Xorvatiya) – 5810 ochko
11. Gulnoza Matniyazova – 3027 ochko
Manba: olympic.uz
Fikrlar