
A Seriya. Zerikarli o‘tgan Milan derbisida hisob ochilmadi
Chorshanba oqshomida Italiya A Seriyasida 27-tur o‘yinlari davom ettirildi. “Milan” o‘z maydonida hamshahari – “Inter”ni qabul qildi.
Zerikarli tarzda o‘tgan bellashuvda hisob ham shunga yarasha bo‘ldi – 0:0.
“Inter” ushbu natijadan so‘ng 59 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Rossonerilar”hisobida esa 51 ta ochko mavjud va ular turnir jadvalining 6-pog‘onasidan joy olishgan.
Italiya A Seriyasi. 27-tur
Milan – Inter 0:0 (0:0, 0:0)
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Bonuchchi, Romanoli, Rodriges, Kessie, Montolivo (Lokatelli, 69), Bonaventura (Borini, 81), Suso, Kutrone (Kalinich, 69), Chalxanoglu.
Inter – Xandanovich, Joau Kanselu, Shkrinyar, Miranda, D`Ambrozio, Galyardini, Brozovich, Kandreva (Eder, 78), Rafinya (Valero, 71), Perishich, Ikardi.
Ogohlantirishlar: Joau Kanselu (21), Perishich (57), Shkrinyar (58), Kandreva (71), Suso (77).
Fikrlar