Aaron Remzi "Arsenal" safidagi 350-o‘yinida maydonga tushdi
Xabaringiz bor kecha Angliya liga kubogining 1/4 finalida “Arsenal” o‘z maydonida “Tottenxem”ni qabul qildi va 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
“Kanonirlar” etakchisi Aaron Remzi shu kuni o‘zining yubiley uchrashuvini o‘tkazdi. Gap shundaki, kecha bo‘lib o‘tgan “shporlar”ga qarshi uchrashuv 27 yoshli ueslslik futbolchi uchun “Arsenal” libosidagi 350-o‘yin bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Remzi “Arsenal” safida 2008 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Remzi joriy mavsum londonliklar safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar