Abduxoliqov: Ko‘tarma pullari borasidagi qaror bir tomonlama deb o‘ylayman

  • 12 iyul, 2018, 13:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Toshkentning “Lokomotiv” klubi davralar oralig‘ida jamoa safiga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilarning tanishtiruv marosimini o‘tkazdi.

Tecno

Tadbirda “Lokomotiv” bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov, klub bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Andrey Fyodorov va jamoasiga kelib qo‘shilgan Anzur Ismoilov, Temurxo‘ja Abduholiqov hamda Nikolay Pogrebnyaklar ishtirok etishdi.

Marosimda Temurxo‘ja Abduxoliqov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. Jumladan u O‘FA tomonidan futbolchilarga beriladigan ko‘tarma pullarining bekor qilininishiga ham o‘z munosabatini bildirdi.

"Endi bu ko‘tarma pullari masalasi O‘FAning qarori. Futbolchilik faoliyati nari borsa 20 yil bo‘ladi. Futbolchilik  kasbi ham og‘ir kasblardan sanaladi. Buning uchun qancha mehnat, qancha harakat kerak qilish bo‘ladi.

O‘ylashimcha bu bir tomonlama chiqarilgan qaror deb o‘ylayman. Bu borada bizning chempionatimiz Qatar yoki Xitoy klublaridan moliyaviy jihatdan ortda qoladi. Balki, mazkur qarorni qishdan so‘ng yana qayta ko‘rib chiqishar", - deb aytib o‘tdi Abduxoliqov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!