Abidal AQShda Pogba bilan uchrashganini inkor etdi

  • 01.08.2018 21:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi sport direktori Erik Abidal  AQShda "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba bilan yashirincha uchrashgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.

Unga ko‘ra Abidal ushbu xabar yolg‘on ekanligini aytish uchun El Mundo Deportivo nashri bilan bog‘langan. Frantsiyalik mutaxassisning ispan nashriga bergan xabariga ko‘ra bunday vaziyatda kataloniyaliklar birinchi bo‘lib futbolchining klubi bilan bog‘lanishadi, keyin esa futbolchining o‘zi bilan. Biroq, “Barselona” bu borada MYu bilan aloqaga chiqmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!