Asosiy mazmunga oʻtish
Aka-uka Klichkolar Ginnesning rekordlari kitobiga kiritildi

Aka-uka Klichkolar Ginnesning rekordlari kitobiga kiritildi

  • 0
  • Boks

Vitaliy va Vladimir Klichko Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu ikki aka-uka bokschilar chempion sifatida eng ko‘p jang o‘tkazgan.

Bu haqda Kievda o‘tayotgan Butunjahon boks uyushmasi 56-kongressining gala-kechasida e’lon qilingan.

– Men uchun bu kutilmagan mukofot. Biz Vladimir bilan qayd etgan rekord – bu aka-uka Klichkolarni qo‘llab-quvvatlagan, biz va Ukriana uchun muxlislik qilganlarniki hamdir. Bu har doim vatanimiz sharafi bo‘lib qoladi, – deydi WBC abadiy chempioni Vitaliy Klichko.

ginnes

Ushbu kongress davomida Vladimir Klichko WBCning faxriy chempionlik kamari bilan ham taqdirlangan edi.

Kongressning asosiy mehmonlari Maurisio Suleyman (WBC prezidenti), Vladimir Klichko, Aleksandr Usik, Lennoks Lyuis, Evander Xolifild, Xulio Sesar Chaves, Toni Bellyu, Oskar De La Xoyyadir.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q