O‘zbekiston professional boks federatsiyasi vakili WBC kongressida ishtirok etadi
Joriy yilging 30 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar Ukraina poytaxti Kiev shahrida WBC (Butunjahon boks kengashi)ning yillik kongressi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur kongres 56-marta o‘tkazilmoqda va ushbu tadbirda mazkur yo‘nalishning sobiq va amaldagi jahon chempionlari, murabbiylar, promouterlar, menejerlar, tibbiyot xodimlari, hakamlar ishtirok etadi.
Mamlakatimiz nomidan O‘zbekiston professional boks Federatsiyasi bosh direktori, tajribali, xalqaro toifadagi hakam Nabijon Ismanov ishtirok etadi. Bugun, mamlakatimiz vakili ushbu kongressda ishtirok etish uchun Kiev shahriga jo‘nab ketdi.


Fikrlar