Asosiy mazmunga oʻtish

Qishgi sport turlari

Anastasiya Kuzminaga hech kim eta olmadi

Izohlar: 0

Frantsiyaning Ansi shahrida baitlon bo‘yicha jahon kubogi uchinchi bosqich bahslari boshlandi. Unda xotin-qizlar o‘rtasida baitlonning sprint poygasi o‘tkazildi

7,5 km masofaga o‘tkazilgan poygada Slovakiya sharafini himoya qilgan Anastasiya Kuzmina oltin medalni qo‘lga kiritdi. Germaniyalik Laura Dalmayer esa kumush, ukrainalik Vita Semerenko bronza medal bilan taqdirlandi.

Jahon kubogida finlyandiyalik Kaysa Makaryaynen 223 ochko bilan umum hisobda birinchi pog‘onada bormoqda.

Ertaga musobaqada erkaklar 10 km masofaga sprint poygasi bo‘yicha kuch sinashadi.

Sports.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q