Andre Gomesh London klublaridan qay birini tanlaydi, "Arsenal" yoki "Tottenxem"?
Yozgi transferlar davrida “Barselona”dan ketishi deyarli aniq bo‘lgan portugaliyalik yarim himoyachi Andre Gomesh faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli futbolchiga Londonning ikki klubi - "Arsenal" va "Tottenxem" jiddiy taklif bildirmoqda. Biroq, Gomeshning o‘zi “shporlar” safida o‘ynashni xohlamoqda. Chunki, u aynan Maurisio Pochettino qo‘l ostida to‘p surishni orzu qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” Gomeshni AQSh safariga olib ketmagani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar