Anri "Aston Villa"ni boshqarmaydi
Frantsiyalik sobiq futbol yulduzi, hozirda esa murabbiylik faoliyatini olib borayotgan Terri Anri “Aston Villa” klubini boshqarmaydigan bo‘ldi.
Ingliz klubi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra jamoa rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Stiv Bryusga yana bir bor imkon berib, uni o‘z lavozimida qoldirishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Anri JCh-2018da Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib bordi. Belgiya esa yakunda musobaqaning bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar