Arsen Venger "Real"ning taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi

  • 18 noyabr, 2018, 22:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning PSJ klubi sobiq prezidenti Charlz Vilnyov “Arsenal”ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Vengerning o‘z vaqtida “Real” Madriddan bo‘lgan taklifni rad etgani haqida aytib o‘tdi.

“PSJ va “Real” har doim uni (Venger.tahr.) o‘z murabbiyi sifatida ko‘rishni xohlardi. Bir marta Italiyada uning “Real” bilan o‘tkazgan muzokaralarida ishtirok etdim. Ammo, u o‘shanda “Arsenal”da qolishni tanlagan va ushbu taklifga rad javobini bergan edi”, - deydi Vilnyov.

Eslatib o‘tamiz, Arsen Venger “kanonirlar”ni 1996-2018 yillarda boshqardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!