"Arsenal" afsonasi yangi lavozimda ish boshladi

  • 18.12.2018 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi sobiq yarim himoyachisi Tomash Rositski Praganing “Sparta” klubi sport direktori lavozimida ish boshladi. Bu haqda chex klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Aytish lozimki, 38 yoshli chexiyalik futbolchi asli “Sparta” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 1998-2001 hamda 2016-2017 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.

U 2017 yil futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!