
«Arsenal»ning «yangi Aleksisi»(Erkinjon G‘aybullaev blogi)
Denis Suares «Barselona»da etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani sabab qishda klubini o‘zgartirmoqchi. Unga Londonning «Arsenal»i jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xo‘sh, uni “Arsenal”da nimalar kutayotgan bo‘lishi mumkin?
«Barselona»ning hujumkor yarim himoyachisi «Kamp Nou»da baxtli emas. Bunga uning kam o‘yin amaliyotiga egaligi sabab bo‘lmoqda. «To‘pchilar» esa uni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun harakat qilmoqda. Bunday tasodifiy zaruratga londonliklarning Mesut O‘zil va Aaron Remzilarning Unay Emeri jamoasini qishdayoq tark etishlari mumkinligi ehtiyoj tug‘dirmoqda.
Ammo Suares «Arsenal» uchun haqiqiy kuchayish bo‘ladimi? Ularning «Barsa»dan olib kelgan so‘nggi transferi Aleksis Sanches yillar davomida londonliklar uchun juda yaxshi o‘ynab berdi. Suaresni chililik futbolchining darajasiga qiyoslab bo‘lmaydi, ammo Valverdening unga kam vaqt berayotganidan yaxshiroq variant hisoblanadi.
Qaerda xato ketgandi?
Suares «Kamp Nou»ga «Vilyarrel»dan 2016-yilda kelib qo‘shilgandi. U jamoani tark etgan Xavining raqamini oldi va eng sevimli pozitsiyasi Inesta o‘ynayotgan nuqta ekanligini e’tirof etdi.
Standart o‘yin va barqarorlikning yo‘qligi «Barsa»ning hujumkor futbolchilariga qarshi raqobat qilishda qiyinchilik tug‘dirmoqda. Ayni vaqtda u asosiy tarkibga kirishda kimsan Usmon Dembele va Filippe Koutinolar bilan raqobat qilmoqda.
Suaresga noto‘g‘ri pozitsiyasi emas, shunchaki jahon darajasidagi futbolchi emasligi tufayli o‘yin amaliyoti berilmayapti.
Suares «Arsenal»ga moslashib keta oladimi?
Juda juda. «Vilyarreal»ga sotilishidan oldin Denis bir mavsum «Sevilya»da ijarada o‘ynadi. U andalusiyaliklarga Evropa Ligasini yutib olishda katta yordam berdi. U buni «Arsenal»ning hozirgi bosh murabbiyi Unay Emeri qo‘li ostida bajargandi. U u erda o‘zini ko‘rsata oldi va Emerining ishonchini ham qozondi: «U eng yaxshi murabbiylardan biri. U bizdan eng yaxshi jihatlarimizni kashf qilmoqda» – degan edi yarim himoyachi o‘shanda.
Maydonda ham barchasi risoladagidek. «Arsenal» ayni vaqtda hujumkor futbolchi vazifasini bajaradigan birortasiga judayam muhtoj. Genrix Mxitaryan jarohatlarga moyil bo‘lib bormoqda. Remzi esa klubni tark etish fikri bilan band.
Suaresning o‘yin uslubi Remzinikiga judayam o‘xshaydi. U qisqa pas uzatishda tezkor, kesuvchi uzatmalarni ham boplaydi. Driblingga ega va gol urishni ham biladi. U kataloniyaliklar uchun Qirol Kubogi doirasidagi uchrashuvlarda bir necha bor gol urgan.
«Arsenal»da qaysi nuqtda o‘ynashi mumkin?
«U «Sevilya»da men bilan chap yoki o‘ng qanot vingeri sifatida o‘ynagandi» – dedi Emeri Suares haqida so‘ralgan savolga, «chap yoki o‘ng qanot bo‘ladimi bir futbolchi bu pozitsiyada yordam bera oladi.»
4-2-3-1 odatiy sxemasida u o‘ng qanotdan joy olishi va muvozanatni, tezlikni ta’minlashi mumkin. Yo bo‘lmasam, markazga ko‘chib Ektor Belerinning faolligiga zamin yaratishi mumkin.
Muqobil ravishda u 3-4-2-1 o‘yin sxemasida orqaroqdan turib hujumchi vazifasini ham bajara oladi. U bunday tizimda Lyakazett va Obameyangni to‘ldirishi mumkin. Shuningdek, Ivobining ham majburiyatlarini bajara oladi.
Suares to‘p bilan ko‘proq muomala qilishni, pas uzatishni istaydi. Emeri agarda 4-2-2-2 (yoki 4-4-2) ni qo‘llaydigan bo‘lsa, Ivobi bilan kengroq masofada harakatlanishi ham mumkin. Xullas, Emerida bir qator variantlar bor. Qaysi pozitsiyada o‘ynashidan qat’iy nazar, Denis Suares «Arsenal» uchun ajoyib tanlov bo‘ladi.
Fikrlar