
At Termiziy xalqaro turnirida ishtirok etuvchi polvonlar nomi ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor 26-29 may kunlari Termiz shahrida Kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Umumiy sovrin jamg‘armasi 56 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaga dunyoning 51 mamlakatidan 160 ga yaqin ishtirokchilar kelishi kutilmoqda. Musobaqaga reglamentiga asosan har bir davlat 73, 90 va mutloq vazn toifalarida 10 nafargacha kurashchi qatnashtirish huquqiga ega.
Bugun O‘zbekiston Kurash federatsiyasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kurash majmuasida ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz nomidan ishtirok etuvchi sportchilar nomiga aniqlik kiritildi. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, dastavval, 13-16 mart kunlari Qarshi shahri mezbonlik qilgan Kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining mazkur vaznda g‘olib va sovrindorlari ushbu musobaqada to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etishlari avvaldan belgilab qo‘yilgandi. Ushbu musobaqa g‘oliblaridan tashqari, nufuzli turnir ishtirok etuvchi polvonlar ro‘yxatini to‘liq shakllantirib olish maqsadida Toshkent shahrida o‘tish turniri tashkil etildi.
Yurtimizning turli viloyatlaridan kelgan 63 nafar polvon ishtirok etgan ushbu bellashuvlarda har bir vazn toifasida eng kuchli 4 nafardan sportchilar saralab olindi. Saralashda yo‘llanmani qo‘lga kiritgan ishtirokchilar:
73 kilogramm:
Suxrob Xudoyberdiev – Samarqand viloyati
Ulug‘bek Otamurodov – Toshkent viloyati
Asqarbek Xayrullaev – Samarqand viloyati
Madiyor Erkinov – Buxoro viloyati
90 kilogramm:
Ruslan Boltaev – Buxoro viloyati
Jasur Qarshiboev – Navoiy viloyati
Dilshod Choriev – Toshkent viloyati
Shahzod Saydiddinov – Jizzax viloyati
+100 kilogramm:
Olim Xudoyqulov – Toshkent shahri
Shuhrat Nazarov – Qashqadaryo viloyati
Bekmurod Oltiboev – Toshkent shahri
Zafar Bo‘riev – Qashqadaryo viloyati
Fikrlar