"Atletiko" Vrsalkoning transfer narxini oshirdi
Madridning "Atletiko" klubi yozgi transferlar davrida sotib yuborishi mumkin bo‘lgan himoyachisi Shime Vrsalkoning narxini oshirdi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” 26 yoshli xorvatiyalik futbolchining transfer narxini 25 milliondan 30 million evroga ko‘tarishgan.
Xabarlarga qaraganda Vrsalkoga Milanning “Inter” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan.
Ma’lumot uchun, Vrsalko o‘tgan mavsum “Atletiko” safida jami 29ta o‘yinda ishtirok etib, jamoasining 5ta goliga assistentlik qilishga erishgan.
Fikrlar