
"Atletiko" etakchisi uzoq muddatga safdan chiqdi
"Atletiko" Madrid klubi hujumchisi Diego Kostaning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli ispaniyalik futbolchi tez orada chap oyog‘idan operatsiya qilinadi. Shundan so‘ng u kamida 2 oy davolanishiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tish lozimki, Kosta bundan avval ham xuddi shu jarohat bilan safdan chiqqan edi. O‘shanda ham u ikki oy maydonga tusha olmagandi.
Ma’lumot uchun, Diego Kosta joriy mavsum “Atletiko” safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar