
Balotelli yanvarda "Nitstsa"ni tark etadi
Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Mario Balotelli katta ehtimol bilan qishki transferlar mavsumida “Nitstsa”ni tark etadi.
Frantsuz klubi ham o‘z navbatida hujumchi bilan yanvarda xayrlashishni rejalashtirmoqda. Italiyalik futbolchining agenti Mino Rayola yaqin orada “Nitstsa” vakillari bilan uchrashadi va Marioning klubdagi taqdirini muhokama qiladi.
Balotelli bu mavsum “Nitstsa” safida 10 o‘yinda birorta gol ura olmadi. Uning shartnomasi 2019 yil yozida yakuniga etadi.
Fikrlar