“Barselona” – “Levante” 3:0. Dembele 2 daqiqada ikkita gol urdi (Video)
Ispaniya Kubogi nimchorak final javob o‘yinida “Barselona” jamoasi o‘z maydonida “Levante” futbolchilarini qabul qildi.
Qiziqarli kechgan bellashuvda kataloniyaliklar 3:0 hisobida zafar quchdi. Dembele dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, Messi bitta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa "Barselona" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (4:2) musobaqaning chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar