“Barselona” Inestaning o‘rniga Azarni olib kelmoqchi

  • 12 iyul, 2018, 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi Evropaning navbatdagi top klubi qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli belgiyalik futbolchini Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘z safida ko‘rmoqchi. Gap shundaki, “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati Azarni yaqindagina Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubiga o‘tib ketgan yarim himoyachi Andres Inestaning o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra "Barsa" Azar uchun Grizmannga taklif qilgan mablag‘dan kam taklif qilmaydi. Ya’ni ular belgiyalik iqtidor egasi uchun kamida 100 mln evro taklif qilishadi. 

Eslatib o‘tamiz, Azarning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan va u ushbu kelishuvni uzaytirishni istamayapti. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!