
"Barselona" Raboga ultimatum qo‘ydi
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "blaugranaslar" frantsiyalik futbolchining qat’iy qarorini kutmoqda. Agarda, Rabo kataloniyaliklarning taklifini kelgusi haftagacha qabul qilmasa, "Barselona" uni sotib olish fikridan qaytishi aytilmoqda.
Ilgariroq OAVda "Barselona"ning Raboga yiliga 10 mln evro maosh va yana shuncha hajmdagi bonus taklif qilgani aytilgan edi. Futbolchining onasi esa 15 mln evro talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Raboning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi.
Fikrlar