
"Barselona" Sanchesni oladi
Yozda tarkibining zaif nuqtalarini kuchaytirishga intilayotgan "Barselona" klubi skautlari turli mamlakatlar chempionatlaridan iste’dodli futbolchilarni qidirib topishda davom etmoqda.
Xususan, kataloniyalik mutaxassislarga Gollandiya chempionatida "Ayaks" jamoasi sharafini himoya qilayotgan iste’dodli himoyachi Davinson Sanchesning o‘yini ma’qul keldi. "Barselona" rahbalari "Ayaks"dan bu futbolchi bo‘yicha boshqa jamoalar bilan aloqa qilmaslikni so‘radi.
20 yoshli markaziy himoyachi "Ayaks" tarkibiga o‘tgan yili yozda Kolumbiyaning "Atletiko Nasonal" jamoasidan kelib qo‘shilgan.
Sanches himoyachi bo‘lishiga qaramay 31 ta uchrashuvda to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar