“Barselona” darvozaboni uchun APLning 2 grandi jiddiy kurash boshladi

  • 05.08.2018 13:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Yasper Sillessen faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli gollandiyalik posbonning xizmatlariga "Liverpul" va "Chelsi" klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda. O‘z navbatida Sillessen ham ushbu takliflardan birini qabul qilishga tayyor.

Aytish lozimki, mersisaydliklar Sillessenni yaqinda “Roma”dan sotib olingan Alissonga o‘rinbosar sifatida qarayotgan bo‘lsa, “aristokratlar” uni asosiy darvozabonga aylantirishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!