
"Barselona" vakillari Azarning agenti bilan ilk uchrashuvni o‘tkazishdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi vakillari “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azarning agenti bilan ilk uchrashuvni o‘tkazishdi.
Uchrashuv davomida kataloniyaliklar 27 yoshli belgiyalik futbolchining agentiga uni sotib olish istagida ekanliklarini bildirishgan. O‘z navbatida Azarning vakili ham uning “aristokratlar” safini tark etib, “Barselona”ning taklifini ko‘rib chiqishiga ishonishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq mutaxassislar Azarning “Real”ga o‘tishini taxmin qilayotganliklari haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar