«Barselona»ning muammolari: u nimalardan iborat?

  • 9 oktabr, 2018, 08:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

O‘yin yakuniga ko‘ra kataloniyaliklar qatorasiga to‘rtinchi marta La Ligada g‘alaba qozona olmagani ma’lum bo‘ldi. Kamiga La Liganing amaldagi chempionlari karvonboshilikni ham topshirib qo‘ydi. Kechagi bahsni tahlil qilarkan kataloniyaliklarning quyidagi muammolariga ko‘zimiz tushadi.

Valverdening o‘zi yordam bera olmaydi

Ernesto Valverdeni klub muxlislari voqealarga pragmatik yondashuvda ayblashadi. Ba’zan bunday tanqidlar be’manidek tuyuladi, sababi u birinchi mavsumidayoq «oltin dubl»ga erishdi. Ammo u ba’an shunaqangi g‘alati ishlarni qiladiki, beixtiyor tanqidlarda jon bor deb o‘ylaysiz.

O‘tgan mavsumda uning «Roma»ga qarshi qo‘llagan taktikasi, «Levante»ga qarshi uchrashuvda Leo Messiga dam berishi va natijada mag‘lubiyatsiz mavsum barbod bo‘lishi – hali ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan. Kecha «Mestalya» stadionida ham u «eski hunar»ini ko‘rsatdi.

Samyuel Umtiti jarohat olganidan keyin yozning eng qimmat himoyachisi bo‘lgan Kleman Langle yaqinda «Tottenxem»ga qarshi ajoyib uchrashuvni o‘tkazdi. Bu safar bosh murabbiy uni zaxiraga mixladi va asosiy tarkibda Tomas Vermalenni tushirdi. Vermalen tabiiy ravishda «Valensiya»ga hisobda oldinga chiqib olish imkoniyatini taqdim qildi.

O‘yinda hisobni tenglashtirgandan keyin Valverde 83-daqiqacha o‘yinchi almashtirishni ravo ko‘rmadi. U vaqtliroq hujumda faollik ko‘rsata oladigan birortasini tushirishi kerak edi.

Ikkinchi o‘zgarish bir necha daqiqa o‘tib sodir bo‘ldi. Maydonga tushirilgan Rafinyani «Barselona» butun yoz davomida sotib yuborishga intilgan edi. Ammo yakunda hech qaysi klub uni sotib olishni istamadi. U iqtidorli yangi vakil Arturning o‘rniga tushirildi. Ammo bu o‘zgarish ham samara bermadi.

Dembelega «ozodlik»

Uning vatandoshi Kilian Mbappe «Lion» darvozasiga to‘rtta gol urgan bir vaqtda u jamoasiga yordam berish uchun naq 83 daqiqa kutishiga to‘g‘ri keldi. Frantsiyalik iqtidor egasi yangi mavsumni yuqori sport formasida boshlagandi va hamon klubning ikkinchi to‘purari bo‘lib qolmoqda.

Biroq undan Valverde samarali foydalana olmayapti. «Jirona»ga qarshi o‘yinda uning katta nafi teggandi. Biroq u «Leganes» va «Atletik»ka qarshi uchrashuvlarda gol urishga qiynaldi va Chempionlar Ligasi doirasidagi o‘yinda bosh murabbiy ishonchli 4-4-1-1 o‘yin tizimiga qaytgandi. U ikkinchi bo‘limda «Tottenxem» ustidan yirik g‘alaba qozonishda yana katta yordamini ayamadi.

«Barselona» uni o‘z safiga qo‘shib olayotganida u Mbappe maqomida edi. Biroq bir mavsum o‘tib Mbappe dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biriga aylangan bir vaqtda Dembele o‘zini ko‘rsatishda ishonchsizlikni his qilmoqda. Bu muammo to‘g‘ridan-to‘g‘ri Valverdega qaratilgan.

Suaresning foydasiz buyukligi

So‘nggi mavsumlarda muammoga uchrayotgan Suares «Valensiya»ga qarshi navbatdagi yomon o‘yinini o‘tkazdi. Uning to‘pga tashlanishi og‘ir, driblingi ojiz, raqibga tahdid qilishi nol darajaga tushib qolgan. Sababi oddiy, u sport formasini yo‘qotib qo‘ygan.

U «Barsa»ning qolgan futbolchilari kabi vaqtini asosan uzatmalar bilan o‘tkazmoqda. Yakuniy zarba yo‘llashda hozircha uning statistikasi yaxshi emas.

Uning foydasiz o‘yiniga qaramay, bu holat unga Messiga assistentlik qilishiga halaqit qilayotgani yo‘q. Endi Suares La Liga doirasida Messiga 27 bora golli uzatmani oshirgan. Urugvaylik futbolchi Alveshdan o‘zib ketdi.

«Barselona»ning eng katta muammosi

«Barselona» La Ligada qatorasiga 4-o‘yinda g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Bu holat kataloniyaliklarning sport formasi yomonligidan darak bersa, ularning azaliy raqibi «Real» ulardan ham battarroq sport holatida. «Ko‘k-anorranglilar» «qaymoqranglilar»dan atigi bir ochko oldinda bormoqda. Aslida ular madridliklardan sakkiz ochko oldinda borishlari ham mumkin edi.

Ammo «Barsa»ning eng katta muammosi kunday ravshan. «Valensiya»ga qarshi ular navbatdagi bor yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishning uddasida chiqa olishmayapti. Markaziy hujumchi Suaresning o‘yinidagi pasayish tufayli so‘nggi uzatmani golga aylantirishda yaqqol sustkashlikka yo‘l qo‘ymoqda.

Valverde esa kulgili ravishda Suaresga ishonch bildirishda davom etmoqda. Muqobil variant bo‘lishi uchun Munirga birorta ham imkoniyat bermayapti.

Valverdening pragmatik siyosati natijasida Luis Suaresga ishonch bildirishda davom etaversa, Messi, Koutino yoki Dembelening yuqori sport formasi ham yordam bermaydi. «Barsa» shunchaki gol uradigan hujumchiga judayam muhtoj.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!