"Bavariya" prezidenti Niko Kovachning jamoadagi kelajagi borasida gapirdi

  • 11 noyabr, 2018, 20:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi prezidenti Uli Xyoness bosh murabbiy Niko Kovachning jamoadagi kelajagi borasida gapirib o‘tdi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, xorvatiyalik mutaxassis boshchiligidagi jamoa joriy mavsum chempionatni juda qoniqarsiz boshladi va shu bois ayrim nashrlar uning iste’foga chiqarilishi haqida xabarlar tarqata boshlashgan edi.

“Jamoamiz hozir juda yaxshi holatda. Kovachning iste’foga chiqarilishi haqida esa gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas”, - deydi Xyoness.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” Bundesliganing o‘tgan 11ta turidan so‘ng 20 ochko to‘pladi va musobaqa jadvalida hozircha 3-o‘rinda bormoqda. Agar “RB Leyptsig” va “Ayntraxt” bugun g‘alaba qozoncha, myunxenliklar 5-pog‘onaga tushib ketishlari mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!