“Bavariya” rahbariyati bugun bosh murabbiy masalasini muhokama qiladi
Bugun “Bavariya” klubi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Ushbu yig‘ilishda Xasan Salixamijich, Uli Xyoness hamda Karl-Xaynts Rummeniggelarning ishtirok etishi kutilmoqda. Brifingda asosan jamoa bosh murabbiyi Niko Kovachning masalasi muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” Bundesliganing o‘tgan 7ta turidan so‘ng musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar